07/04/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–fevral oylarida Namangan viloyatidan umumiy qiymati 63,9 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 282,6 tonna piyoz mahsuloti xorijiy davlatlarga eksport qilingan.

Ushbu davr mobaynida viloyat piyoz mahsulotlari bilan quyidagi 3 davlatga hamkorlikda eksport amaliyotini yo‘lga qo‘ygan:

Qirg‘iz Respublikasi –53,6 foiz;

Estoniya – 43,1 foiz;

Gruziya – 3,3 foiz.

Ushbu ko‘rsatkichlar viloyat eksport salohiyatining ortib borayotganini va xalqaro bozorlarda talab mavjudligini ko‘rsatmoqda.