07/04/2025

2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanida 66 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar–fevral oylarida jami 31,6 milliard so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.

Hisobot davrida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,1 % ga oshgan bo‘lib, bu tarmoqda ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilganini ko‘rsatadi.

Qurilish ishlarining taqsimoti quyidagicha:

🔸yirik qurilish tashkilotlari — 2,6 %;

🔸norasmiy sektor subyektlari — 43,5 %;

🔸kichik korxonalar va mikrofirmalar — 53,9 %.

Bu raqamlar tuman hududida kichik biznes va norasmiy sektorning qurilish sohasidagi faol ishtirokini, shuningdek, bunyodkorlik ishlari hajmining izchil o‘sib borayotganini tasdiqlaydi.