09/04/2025

Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Namangan viloyatida avtomobil transportida tashilgan yoʻlovchilar soni 467,4 million kishini tashkil etdi.

So‘nggi yillarda yo‘lovchilar tashish hajmi yildan-yilga barqaror o‘sib bormoqda. Quyidagi raqamlar bu tendensiyani yaqqol aks ettiradi:

🔹2020-yil – 414,2 million kishi

🔹2021-yil – 447,1 million kishi

🔹2022-yil – 449,9 million kishi

🔹2023-yil – 458,2 million kishi

🔹2024-yil – 467,4 million kishi

Mazkur ko‘rsatkichlar Namangan viloyatida avtomobil transportining yo‘lovchilar tashishdagi ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu esa viloyat infratuzilmasi rivojlanayotgani, transport xizmatlariga talab oshayotgani hamda aholining harakatlanish faolligi kuchayib borayotganidan dalolat beradi.