Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida doimiy yashovchi aholi soni 3 million 144,8 ming kishini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga o‘sdi.
Aholining gender va yashash joylari bo‘yicha tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
Ayollar soni – 1 million 546,2 ming kishi
Erkaklar soni – 1 million 598,6 ming kishi
Shahar aholisi – 2 million 40,6 ming kishi
Qishloq aholisi – 1 million 104,2 ming kishi
Mazkur raqamlar Namangan viloyati aholisi barqaror sur’atlarda ortib borayotgani hamda shaharlarda yashovchi aholining ulushi nisbatan yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Aholi sonining o‘sishi esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, hududda xizmatlar sohasi, infratuzilma va yashash sharoitlarining bosqichma-bosqich yaxshilanayotganidan darak beradi.