10/04/2025

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 million 72,5 ming so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ga o‘sdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:

  • Namangan shahri – 2 million 279,5 ming so‘m

  • Pop tumani – 863,7 ming so‘m

  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 758,8 ming so‘m

Tahlillarga ko‘ra, aholi jon boshiga eng katta chakana savdo aylanmasi Namangan shahrida kuzatilgan bo'lib — bu viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 baravar yuqori hisoblanadi.