Joriy yilning 11- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2025- yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-61-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ushbu Farmon bilan hududlarda kreativ industriya parkiining filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablar faoliyatini tashkil etilishi va kreativ park rezidentlariga 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash, rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish bo‘yicha soliq imtiyozlari berilishini va bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkinligi tushuntirib o‘tildi.
Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berilishini, 2025-yildan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etilishini hamda har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash, saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish, tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishga yuborish, o‘qish va yashash xarajatlarini qoplab berish. Bunda tayyorgarlik kurslarida o‘qitish xarajatlari “El-yurt umidi” jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berilishi to‘g‘risida ham xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Farmonga muvofiq, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinishini, 2025-yil 1-iyundan boshla: nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratilishini, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshirilishi belgilanganligini ham tushuntirib o‘tildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.