Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan 11 ta davlatga qiymati 708,2 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 439,3 tonna uzum va mayiz mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Eksportning katta qismi Rossiya, Belarus va Turkiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.