2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 351,0 million AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 35,9 million AQSH dollariga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibi:
🔹Eksport hajmi – 142,9 million AQSH dollari;
🔸Import hajmi – 208,1 million AQSH dollari.
Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagilar:
Rossiya Federatsiyasi – 33,1 %
Xitoy Xalq Respublikasi – 29,6 %
Turkiya – 4,9 %
Qozog‘iston – 4,9 %
Hindiston – 3,5 %
Qirg‘iz Respublikasi – 3,2 %
Germaniya – 2,8 %
Qo‘shimcha ma’lumot: 2025-yilning dastlabki uch oyida Namangan viloyati jami 53 ta xorijiy davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo‘lib, bu viloyatning xalqaro savdodagi faol ishtirokini ko‘rsatadi.




