2025-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 9,2 foizga yoki 1,9 trillion so‘mga oshgan.
Xizmat turlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 363,8 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar –896,1 mlrd soʻm
transport xizmatlari – 1 trln 405,6 mlrd soʻm
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 4 trln 54 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 1 trln 939,9 mlrd soʻm
taʼlim sohasidagi xizmatlar – 360,7 mlrd soʻm
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 154,5 mlrd soʻm
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 198,7 mlrd soʻm
ijara xizmatlari – 107,5 mlrd soʻm
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 260,3 mlrd soʻm
shaxsiy xizmatlar – 477,7 mlrd soʻm
meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 78,3 mlrd soʻm
boshqalar – 317,2 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan.
Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotida xizmatlar sohasining barqaror o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.




