23/04/2025

2025-yil 23-aprel kuni Namangan shahrida navbatdagi 5-narx haftalik kuzatuvi o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev hamda Narxlar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi H. Abdulhayev ishtirok etdi.

Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, barqarorligi va shaffofligini tahlil qilinib, mavjud o‘zgarishlarni qiyosiy baholash asosida o‘rganildi.

Olingan ma’lumotlar maxsus planshet qurilmalari orqali raqamlashtirilib, real vaqt rejimida tizimga kiritildi. Bu yondashuv ma’lumotlarning aniqligi va tezkorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kuzatuv davomida belgilangan dislokatsion nuqtalar holati bilan ham yaqindan tanishildi. Shu bilan birga, boshqarma boshlig‘i tomonidan narx registratorlariga amaliy tavsiyalar berilib, ularning ish samaradorligini oshirishga doir ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Ushbu kuzatuv natijalari hududdagi narx-navo holatini tahlil qilish, inflyatsiya jarayonlarini kuzatish va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: