2025- yilning yanvar–mart oylarida viloyat iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga qaraganda ijobiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 13,8 trln so‘mni tashkil etdi, o‘sish sur’ati – 106,4 %.
Aholining real umumiy daromadlari – 11,3 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 105,6 %.
Doimiy aholi soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 3 mln 144,8 ming kishi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 7,4 trln so‘m, fizik hajm indeksi – 109,2 %.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3,4 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 104,0 %.
Qurilish ishlari hajmi – 2,5 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 108,7 %.
Bozor xizmatlari hajmi – 10,6 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 109,2 %.
Chakana savdo tovar aylanmasi – 5,3 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 110,8 %.
Sarmoya va tadbirkorlik:
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar – 12,4 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 128,2 %.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025-yil 1-aprel holatiga) – 24 983 ta.
Transport va tashish xizmatlari:
Yuk tashish hajmi – 7,8 mln tonna, o‘sish sur’ati – 103,4 %.
Yo‘lovchi tashish hajmi – 106,6 mln kishi, o‘sish sur’ati – 101,7 %.
Tashqi savdo aylanmasi:
Tashqi savdo aylanmasi – 351,0 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 111,4 %.
Eksport – 142,9 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 109,9 %.
Import – 208,1 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 112,4 %.




