25/04/2025

2025- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 925 tani tashkil etdi. Ulardan:

  • 1 701 ta — tadbirkorlik subyektlari,

  • 1 677 ta — kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkichlar tumanda xususiy sektorning o‘sib borayotganini, tadbirkorlik muhitining yanada yaxshilanganini anglatadi.

Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Savdo sohasida — 653 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

  • Sanoat sohasida — 495 ta subyekt qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar–mart oylarida tumanda 65 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Bu esa, hududda investitsiyaviy muhit va biznesni rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.

Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.