28/04/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 12,4 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 4,8 barobarga oshganini ko‘rsatmoqda. Quyida ushbu o‘sish dinamikasi yaqqol aks etgan:

▫️ 2021 – 2,6 trln so‘m
▫️ 2022 – 2,9 trln so‘m
▫️ 2023 – 4,0 trln so‘m
▫️ 2024 – 9,0 trln so‘m
▫️ 2025 – 12,4 trln so‘m

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar – 10 trln 18,5 mlrd so‘m
Korxonalar mablag‘lari (shu jumladan mahalliy byudjet mablag‘lari) – 1 trln 123,6 mlrd so‘m
Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 99,4 mlrd so‘m
Aholi mablag‘lari – 628,2 mlrd so‘m
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 242,7 mlrd so‘m
Byudjet mablag‘lari – 294,1 mlrd so‘m

Ushbu ko‘rsatkichlar Namangan viloyatida iqtisodiy faollik va sarmoya jalb qilish darajasi yildan-yilga ortib borayotganini tasdiqlaydi.