30/04/2025

Statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi aholining umumiy daromadlari hajmi 12,4 trln so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 7,6 trln so‘mga ko‘paygan. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 3 mln 966 ming so‘mdan  to‘g‘ri kelgan.