07/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 988 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi. Mazkur davrda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 432 ta, sanoatda 140 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 139 ta hamda boshqa xizmatlarda 89 ta tashkil etilgan.