06/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 385,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2024- yiling mos davriga nisbatan 124,0 % ga yetgan.

Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 7 million 875,1 ming so‘mda kuzatildi. Shuningdek, shlab chiqarish sanoati sohasida 3 million 727,9 ming soʻm, suv bilan ta'minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizasiya qilish sohasida 3 million 842,8 ming soʻm ekanligi kuzatildi.