2025- yilning yanvar–mart oylari davomida Davlatobod tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 379,2 milliard so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga nisbatan 108,4 % o‘sish qayd etildi. Bu esa hududdagi savdo faoliyatida iqtisodiy o‘sish surʼatlarining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Chakana savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha shakllangan:
-
Yirik korxonalar hissasi — 7,1 milliard so‘m,
-
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tovar aylanmasi — 156,6 milliard so‘m,
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan savdo — 206,5 milliard so‘m,
-
Shu jumladan, uyushmagan savdo — 9,0 milliard so‘mni tashkil etgan.
-
Ushbu ko‘rsatkichlar aholi ehtiyojlarini qondirishda tadbirkorlik subyektlari muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi.
2025- yilning birinchi choragida tumanda o‘rtacha har bir aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 million 321,8 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholi turmush darajasi va isteʼmol imkoniyatlarida o‘sish mavjudligini anglatadi.




