13/05/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 164,5 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida dehqonchilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi Namangan t (33,6 mlrd soʻm), Yangiqoʻrgʻon (27,9 mlrd soʻm), Toʻraqoʻrgʻon (15,4 mlrd soʻm), Pop (15,3 mlrd soʻm) va Chortoq (14,3 mlrd soʻm) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Namangan sh. (2,3 mlrd soʻm), Kosonsoy tumanini (4,4 mlrd soʻm) va Uychi tumanini (8,3 mlrd soʻm) keltirib oʻtish mumkin.

Yuqori oʻsish surʼatlari Chust (144,5 %), Toʻraqoʻrgʻon (141,0 %), Chortoq (126,3 %), Mingbuloq (116,0 %) va Uchqoʻrgʻon (106,4 %) tumanlarida qayd etildi. Yangiqoʻrgʻon (62,8 %), Kosonsoy (82,5 %), Namangan t (102,7 %) va Uychi (102,3 %) tumanlarida esa aksincha oʻsish surʼatlari pastligi kuzatildi.