13/05/2025

2025- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Pop tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 59 tani tashkil etdi. Joriy yilning yanvar–mart oylarida mazkur korxonalar tomonidan 147,1 milliard so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 154,6 foiz o‘sishni taʼminladi.

Tahlillarga ko‘ra, umumiy qurilish ishlarining 87,8 foizi yoki 129,2 milliard so‘mlik qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, turar-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etishga qaratilgan.

Bajarilgan ishlar tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 49,4 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar hissasi 34,1 foizni, norasmiy sektor ulushi esa 16,5 foizni tashkil etdi.