12/05/2025

2025- yilning yanvar–mart oylari davomida Pop tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 305,1 milliard so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga nisbatan 116,8 % o‘sish qayd etildi. Bu esa hududdagi savdo faoliyatida iqtisodiy o‘sish surʼatlarining yuqoriligini ko‘rsatadi.

Chakana savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha shakllangan:

  • Yirik korxonalar hissasi — 19,7 milliard so‘m,

  • Kichik korxonalar va mikrofirmalar tovar aylanmasi — 82,1 milliard so‘m,

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan savdo — 121,2 milliard so‘m,

    • Shu jumladan, uyushmagan savdo — 82,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar aholi ehtiyojlarini qondirishda tadbirkorlik subyektlari muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi.

2025- yilning birinchi choragida tumanda o‘rtacha har bir aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1 million 270,3 ming so‘mni tashkil etdi.