2025- yilning yanvar-mart oylarida YAHM (yalpi hududiy mahsulot) tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 9,2 trln so‘mni yoki 67,3 % ni tashkil qilib, 2024- yilning tegishli davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining YAHMdagi ulushi dinamikasi (yanvar-mart oylarida), % da
2021-yil – 70,1 %;
2022-yil – 68,7 %;
2023-yil – 68,6 %;
2024-yil – 68,2 %;
2025-yil – 67,3 %.
Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.




