Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2024/2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari soni 767 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 37 taga ko‘paygan.
Yillar kesimida maktablar soni o‘sishi:
-
2020/2021 o‘quv yili boshiga — 726 ta
-
2021/2022 o‘quv yili boshiga — 730 ta
-
2022/2023 o‘quv yili boshiga — 742 ta
-
2023/2024 o‘quv yili boshiga — 765 ta
-
2024/2025 o‘quv yili boshiga — 767 ta
Bu raqamlar viloyatda ta’lim infratuzilmasi izchil kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar bo‘yicha maktablar soni (2024/2025 o‘quv yili boshiga):
-
Chust tumani — 80 ta
-
Pop tumani — 76 ta
-
Namangan shahri — 68 ta
-
Yangiqo‘rg‘on tumani — 66 ta
-
To‘raqo‘rg‘on tumani — 65 ta
-
Chortoq tumani — 59 ta
-
Kosonsoy tumani — 58 ta
-
Mingbuloq tumani — 51 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani — 51 ta
-
Uychi tumani — 47 ta
-
Norin tumani — 46 ta
-
Namangan tumani — 40 ta
-
Yangi Namangan tumani — 32 ta
-
Davlatobod tumani — 28 ta
Eng ko‘p umumiy o‘rta ta’lim muassasalari Chust tumanida (80 ta), undan keyin Pop tumani (76 ta) va Namangan shahri (68 ta)da joylashgan.
Ushbu ma’lumotlar viloyatda ta’limga berilayotgan e’tibor, aholi sonining o‘sishi hamda maktablar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq. Har bir hududdagi maktablar soni u yerda yashovchi aholining ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.




