Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2 trillion 293,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich umumiy qurilish ishlarining 92,6 foiziga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda qurilish hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 107,1 foizga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari hajmi va umumiy hajmdagi ulushi (yanvar–mart holatiga)
2021-yil – 955,6 mlrd so‘m, umumiy hajmdagi ulushi 94,5 %
2022-yil – 1 trln 71,3 mlrd so‘m, ulushi 93,0 %
2023-yil – 1 trln 158,6 mlrd so‘m, ulushi 94,5 %
2024-yil – 1 trln 994,4 mlrd so‘m, ulushi 94,7 %
2025-yil – 2 trln 293,6 mlrd so‘m, ulushi 92,6 %
Ushbu statistik ma’lumotlar kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish sohasidagi faoliyati yildan-yilga kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2025-yilda hajm bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ulushning nisbatan pasaygani umumiy qurilish ishlarida boshqa subyektlar ishtirokining ham ortganidan dalolat beradi.




