19/05/2025

So‘nggi yillarda Namangan viloyatida o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi izchil rivojlanmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim tashkilotlarining soni ortib bormoqda.

2024/2025 o‘quv yili boshida viloyatda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari soni 68 tani tashkil etdi.

Faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari soni quyidagicha:

Akademik litseylar – 6 ta

Kasb-hunar maktablari – 27 ta

Kollejlar – 14 ta

Texnikumlar – 21 ta

Ma'lumot o‘rnida, faoliyat yuritayotgan akademik litseylar soni 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 3 taga, texnikumlar soni 2 taga ko‘paygan.

Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda yoshlarga sifatli o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini taqdim etish, ularning zamonaviy kasblarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.