2025-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz jami 1 387 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
-
Namangan shahri – 404 ta
-
Kosonsoy tumani – 130 ta
-
Mingbuloq tumani – 110 ta
-
Pop tumani – 108 ta
-
Chortoq tumani – 96 ta
-
Chust tumani – 90 ta
-
Norin tumani – 82 ta
-
Yangiqo‘rg‘on tumani – 82 ta
-
Namangan tumani – 73 ta
-
Uychi tumani – 73 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 70 ta
-
To‘raqo‘rg‘on tumani – 69 ta
Shuningdek, hududlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahriga to‘g‘ri kelib, yangi tashkil etilgan korxonalar soni 404 tani tashkil etdi. Bu viloyat miqyosidagi umumiy korxonalar sonining deyarli 30 foizini tashkil etadi.
-
Keyingi o‘rinlarda Kosonsoy (130 ta), Mingbuloq (110 ta) va Pop (108 ta) tumanlari joy olgan.
-
Eng kam ko‘rsatkich To‘raqo‘rg‘on tumanida qayd etilib, bu hududda 69 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.




