21/05/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 14,9 million AQSH dollari bo‘lgan 18,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46,3 foizga yoki 2,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Eksport tarkibi (tonna hisobida):

  • Quritilgan uzum535,7 tonna

  • Quritilgan o‘rik22,9 tonna

  • Xurmo78,3 tonna

  • Olma319,3 tonna

  • Uzum (yangi)195,0 tonna

  • Qovun mahsulotlari9,0 tonna

Sabzavotlar eksporti:

  • Piyoz5 087,5 tonna

  • Karam5 607,3 tonna

  • Sabzi1 309,6 tonna

  • Pomidor412,6 tonna

  • Bodring93,2 tonna

  • Rediska376,1 tonna

Boshqa eksport qilingan mahsulotlar:

  • Loviya536,1 tonna

  • Mosh1 090,0 tonna

  • Yeryong‘oq75,8 tonna

  • Boshqalar3 094,8 tonna

Meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.