2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 12 trillion 406,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128,2 foizga oshgan.
Umumiy investitsiyalar hajmining 523,6 milliard so‘mi, ya’ni 4,0 foizi, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, ya’ni turar joylar qurilishiga yo‘naltirilgan. Bu esa viloyatda qurilish sohasi, xususan, aholi uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.




