Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 10,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga o‘sib, sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,1 % ni tashkil etdi.
📍Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati quyidagicha:
1. Namangan shahri – 2,8 trln so‘m; o‘sish sur’ati – 102,2 %.
2. To‘raqo‘rg‘on tumani – 2,0 trln so‘m; o‘sish sur’ati – 102,6 %.
3. Chust tumani – 1,0 trln so‘m; o‘sish sur’ati – 115,3 %.
4. Kosonsoy tumani – 598,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 117,2 %.
5. Uychi tumani – 586,7 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,3 %.
6. Namangan tumani – 499,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 108,7 %.
7. Mingbuloq tumani – 359,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 100,7 %.
8. Uchqo‘rg‘on tumani – 349,6 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 106,2 %.
9. Chortoq tumani – 317,3 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 123,8 %.
10. Pop tumani – 239,9 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 109,1 %.
11. Yangiqo‘rg‘on tumani – 148,0 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 110,4 %.
12. Norin tumani – 120,2 mlrd so‘m; o‘sish sur’ati – 108,3 %.
👥 2025-yilning yanvar–aprel oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 million 238,7 ming so‘mni tashkil etdi.
💼 Ushbu davrda kichik biznes subyektlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 44,6 % ini tashkil qildi. Bu kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotda muhim o‘rin egallayotganidan dalolat beradi.




