2024/2025- o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarini 9-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 44,5 ming nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2023/2024 o‘quv yilga nisbatan solishtirilganda 4,6 ming nafarga oshgan.
11- sinf bitiruvchilari soni esa, aksincha, 2023/2024 o‘quv yilga nisbatan 6 ming kishiga kamaygan va 22,5 ming kishini tashkil etgan.




