O‘ylab ko‘ring: siz yashayotgan mahallada maktab yetishmaydi, shifokorlar kam, transport qatnovi kamdan-kam. Shu muammolarning asosiy sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Yechim shunda: aholini ro‘yxatga olish!
Bu qanday foyda beradi?
1. Shifoxona kerakmi? Shahar yoki qishloq bo‘lishi farq qilmaydi!
Agar aholining soni, yoshi va sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumot bo‘lsa, qayerga qanday shifoxona kerakligi aniqlanadi. Masalan, keksalar ko‘p yashaydigan hududga yurak va qandli diabet shifoxonasi kerak. Bolalar ko‘p bo‘lsa – pediatrlar soni oshiriladi.
2. Bolalar maktabda siqilib o‘tiryaptimi?
Ro‘yxatga olish orqali yoshlar soni, maktabga boradiganlar soni ma’lum bo‘ladi. Natijada, yangidan maktablar quriladi, o‘qituvchilar soni ko‘paytiriladi. Har bir bola qulay sharoitda o‘qiydi.
3. Jamoat transporti kammi?
Aholining zichligi va harakatlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shunga qarab avtobuslar soni ko‘paytiriladi, yangi yo‘nalishlar ochiladi. Ro‘yxatga olish sizga tezroq va qulayroq manzilingizga yetib borish imkonini beradi.
4. Davlat yordamidan kimlar foydalanadi?
Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar haqida aniq ma’lumot kerak. Ro‘yxatga olish orqali yordam kimga kerakligini aniqlash osonlashadi, yordam bevosita sizga keladi.
5. Yangi uylar, yangi imkoniyatlar!
Aholi soni oshsa – uy-joyga ehtiyoj ham oshadi. Ro‘yxatga olish bu ehtiyojni aniq ko‘rsatadi. Yangi uylar, arzon ipoteka loyihalari – barchasi sizning ishtirokingizga bog‘liq.
Bu jarayon xavfsiz va maxfiy!
Siz haqingizdagi ma’lumotlar hech qayerda e’lon qilinmaydi. Faqat raqamlar sifatida qayd etiladi. Ismingiz, manzilingiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz maxfiy saqlanadi.
Xulosa: bu ish sizsiz bo‘lmaydi!
Siz ro‘yxatdan o‘tsangiz – davlat sizning qayerda, qanday yashayotganingizni biladi. Bu esa siz uchun qulaylik, farzandlaringiz uchun imkoniyat, mahallangiz uchun yangi infratuzilma demakdir!
________________________________________
Ro‘yxatga olish bu – siz uchun, oilangiz uchun, kelajagingiz uchun!
Mustaqillikda ilk bor o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Aholini ro'yxatga olish tadbirida faol ishtirok eting!




