30/05/2025

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz hisoblaganda, jami 25 238 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ular orasida xususiy korxonalar soni 3 008 tani tashkil etib, bu umumiy faoliyat yuritayotgan subyektlarning 11,9 foizini tashkil qiladi.

Xususiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchi hududlar:

  • Namangan shahri – 725 ta

  • Chust tumani – 613 ta

  • Mingbuloq tumani – 250 ta

  • Pop tumani – 241 ta

  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 229 ta

  • Uchqo‘rg‘on tumani – 205 ta

Ushbu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, xususiy korxonalar asosan viloyat markazi va iqtisodiy faolligi yuqori bo‘lgan tumanlarda jamlangan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xususiy korxonalar taqsimoti:

  • Savdo sohasi – 1 168 ta (eng katta ulush)

  • Sanoat sohasi – 486 ta

  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 372 ta

  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 226 ta

  • Qurilish sohasi – 147 ta

Mazkur raqamlar xususiy sektor asosan savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda faol rivojlanayotganini ko‘rsatadi.