02/05/2025

2025-yilning 2-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlarni mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 28.03.2025- yildagi “Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-131-son Qarori mazmun mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, ushbu qaror qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, bo‘sh turgan yer uchastkalarini tezroq iqtisodiy oborotga kiritish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida qabul qilinganligini va qaror bilan  barcha turdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda 2025-yil 11-martdan joriy etilgan tartibga muvofiq elektron onlayn auksion savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qilish muddati 15 kundan 5 kunga, takroriy savdolarda — 5 kundan 1 kunga qisqartirilganligini, takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etilishini, har takroriy savdoda lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytirilishi belgilanganligini, joriy yilning 1-aprelidan boshlab barcha hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha turdagi yerlarni ijaraga berish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron onlayn auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va to‘lov to‘liq to‘langanda chegirma berish tartibi bekor qilinganligini, ushbu to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shartligi belgilanganligini, 2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududi doirasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jami maydonining o‘rtacha 10 — 20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqarilishi qarorda belgilanganligi takidlandi.

 Tadbir xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonuniylikka qat’iy rioya etish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.