16/05/2025

2025-yilning 16-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlarni mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 15.05.2025- yildagi ““Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-86-son Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, ushbu farmon bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni tashkil etish, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati  faoliyatini yo‘lga qo‘yilishini hamda ushbu Hamjamiyat “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, Maktab, Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, Milliy dastur ishtirokchilari, shuningdek, dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yuritishligi, maktab-internatda ikki komponentli boshqaruv tizimi joriy etilishi, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanishi, bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) berilishi, o‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, bir nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanishi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitilishini, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etishi belgilanganligi takidlandi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.