2025- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 6 mln 952,0 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
O‘sish sur'ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etgan.
Ayrim sohalari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasida 10 mln 567,0 ming so‘mni, axborot xizmati ko‘rsatish 2 mln 800,1 ming so‘mni, aloqa sohasi 8 mln 357,8 ming so‘mni tashkil etgan.

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 1904,5 ming so‘m bo‘lgan.
Axborot xizmati



