Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatining eksport hajmi 198,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,6 % ga oshgan.
Shu davr mobaynida viloyat jahonning 53 ta davlatiga tovar va xizmatlar eksport qilgan.
Top-10 eksport bozorlari quydagilar (AQSH dollari hisobida):
Rossiya – 130,5 mln $
Turkiya – 8,1 mln $
Pokiston – 7,7 mln $
Qozog‘iston – 7,5 mln $
Xitoy – 6,7 mln $
Germaniya – 5,1 mln $
Afg‘oniston – 4,1 mln $
Tojikiston – 3,9 mln $
Qirg‘iz Respublikasi – 3,8 mln $
Belarus – 3,2 mln $
Ushbu mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning izchil rivojlanib borayotgani viloyat mahsulotlariga xorijiy bozorlarda talab ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.




