2025- yil 1- may holatiga Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 539 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 31 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 508 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 5 653,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 12,2 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 4 223,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatdagi jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 74,7 % ni tashkil qildi.




