2025-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 723,7 milliard so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga oshgan.
Umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 17,0 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2025-yil yanvar-aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 30,7 million AQSH dollari miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 15,9 million AQSH dollariga ko‘p.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksportining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Meva-sabzavot mahsulotlari – 25,5 mln AQSH dollari
Sut mahsulotlari va parranda tuxumi – 2,6 mln AQSH dollari
Don va don mahsulotlari – 1,8 mln AQSH dollari
Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari – 0,8 mln AQSH dollari
Ushbu ko‘rsatkichlar Namangan viloyatida oziq-ovqat sanoati rivojlanib borayotganini, shuningdek, mahsulotlarimizga xalqaro bozorda talab ortib borayotganini anglatadi.




