2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan shahrida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 4,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 119,1 foizga oshgan bo‘lib, investitsiya faolligining ortayotganidan dalolat beradi.
Asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning tarkibiy tuzilmasiga e’tibor qaratilsa, ulardan:
-
83,2 foizi xorijiy investorlar mablag‘lari va xalqaro kreditlar hisobiga;
-
11,3 foizi korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
-
3,1 foizi respublika byudjeti orqali;
-
2,4 foizi esa boshqa moliyalashtirish manbalaridan shakllangan.
Mazkur ko‘rsatkichlar shahar iqtisodiyotiga chet el kapitali ishtirokining yuqori ekanligini hamda davlat va xususiy sektor investitsiyalarining muvozanatli ravishda shakllanayotganini ko‘rsatadi.