2025- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 57,7 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 40,4 % ini tashkil etdi.
2025- yilning yanvar-martida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Yangiqo'rg'on, Norin, hamda Pop tumanlarida – 100,0 % ni, Chortoq tumanida – 90,3 %, Uychi tumanida – 66,2 % va Namangan shahrida – 63,5 % ni tashkil qildi.