11/06/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyun holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni dehqon va fermer xo‘jaliklarini hisobga olmagan holda 25 725 tani tashkil etdi. Korxonalarning 82,7 foizi, yoki 21 267 tasi – kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

Eng ko‘p korxonalar quyidagi hududlarda faoliyat yuritmoqda:

Namangan shahri – eng ko‘p korxona faoliyat yuritayotgan hudud hisoblanib, 8 055 ta tashkilot bilan umumiy ulushning 31,3 foizini egallaydi.
Chust tumani – 2 181 ta (8,5%)
Pop tumani – 1 958 ta (7,6%)
Chortoq tumani – 1 639 ta (6,4%)
To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 609 ta (6,3%)

 Bu ko‘rsatkichlar aholisi zich va iqtisodiyoti nisbatan faol hududlarda tadbirkorlik muhitining yuqori darajada ekanidan dalolat beradi.
Korxona va tashkilotlar eng ko‘p quyidagi tarmoqlarda faoliyat yuritmoqda:
Savdo sohasi – 8 743 ta korxona bilan yetakchilik qilmoqda. Bu barcha faoliyat yuritayotgan subyektlarning 34 foiziga to‘g‘ri keladi.
Sanoat – 4 132 ta subyekt bilan ikkinchi o‘rinda (16,1%)
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 1 603 ta yoki 6,2 foiz

Shuningdek, qurilish, tashish va saqlash, axborot va aloqa, yashash va ovqatlanish, hamda ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritayotgan korxonalar soni ortib bormoqda.