Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2025-yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida qoʻy va echkilarning umumiy soni 856,9 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 101,6 % ni tashkil etdi.
Qoʻy va echkilar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Chust tumanida 16,4 % hissasiga toʻgʻri keldi.
Shu bilan birga, Namangan shahrida (14,3 %) va Pop tumanida (14,2 %) ham qoʻy va echkilar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.




