2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyati sanoatida kiyim ishlab chiqarishning ulushi 11,8 %ni tashkil etdi. Bu davr mobaynida ushbu yo‘nalishda 1 trillion 203,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizga oshgan.
Kiyim ishlab chiqarish hajmining salmoqli qismini – 42,9 % ni yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




