13/06/2025

2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida 21 421 ta faol tijorat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan. Xususan, 17 278 ta korxona aynan MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda. Bu esa umumiy faol tijorat korxonalarining 80,7 foizini tashkil etadi.

Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) – 17 278 ta

  • Xususiy korxonalar – 3 017 ta

  • Oilaviy korxonalar – 892 ta

  • Aksiyadorlik jamiyatlari – 15 ta

  • Boshqalar – 219 ta

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tahlili shuni anglatadiki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar viloyatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng ommabop va qulay tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.