2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida taʼlim sohasida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 4 million 2,3 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 115,4 foizga oshgan bo‘lib, taʼlim sohasida mehnatga haq to‘lash borasida ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ta’lim sohasi ichida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ish haqi miqdorida sezilarli farqlar mavjud. Jumladan:
-
Oliy ta’lim sohasi – 7 million 371,7 ming so‘m
-
Texnik va professional ta’lim – 4 million 200,9 ming so‘m
-
Umumiy o‘rta ta’lim – 4 million 450,7 ming so‘m
-
Maktabgacha ta’lim sohasi – 2 million 239,8 ming so‘m




