2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 12 trillion 406,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128,2 foizga oshgan.
Umumiy investitsiyalar tarkibida 1,6 trillion so‘mlik (12,9%) mablag‘ energetika sohasiga, ya’ni elektr energiyasi, gaz, bug‘ va havoni kondensiyalash tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgani, sohaga bo‘lgan e’tibor yuqoriligini aks ettiradi.




