Viloyat statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklarini tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- iyun holatiga Namangan viloyatida har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 46 ta konditsioner to‘g‘ri keladi. Bu hudud aholisining maishiy jihozlar bilan taʼminlanganlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Shuningdek, ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan va egalik qilinadigan buyumlar quyidagicha qayd etilgan:
2025- yil 1- iyun holatiga har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan maishiy texnika va shaxsiy buyumlar soni:
· Televizorlar – 165 ta
· Mobil telefonlar – 311 ta
· Kir yuvish mashinalari – 99 ta
· Gaz plitasi – 102 ta
· Sovutgichlar – 110 ta
· Muzlatgichlar – 19 ta
· Kompyuter, noutbuk, netbuklar – 32 ta
· Planshetlar – 9 ta
· Yengil avtomobillar – 46 ta
· Velosipedlar (kattalar uchun) – 44 ta
· Elektr changyutgichlar – 81 ta
· Changyutgichlar (umumiy) – 86 ta
· Tikuv mashinalari – 51 ta
· Konditsionerlar – 46 ta
Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, televizor va mobil telefonlar aholi ehtiyoji uchun eng ommaviy texnika vositalari hisoblanadi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinalari, sovutgich va changyutgichlar ham deyarli har bir uyda mavjud.
Tanlanma kuzatuvlar uy xo‘jaliklarining turmush darajasini, ularning isteʼmol madaniyatini va texnik jihozlanish holatini tahlil qilishda muhim manba hisoblanadi.




