18/06/2025

2025- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, Davlatobod tumanida 461 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar–may oylari mobaynida 1 trln 600 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 323,8 milliard so‘mga ko‘p.

Sanoat rivojining aholi turmush darajasiga taʼsiri ham kuzatilmoqda. Xususan, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 9 million 662,4 ming so‘mni tashkil etdi. Bu esa tuman iqtisodiyotida sanoatning ortib borayotgan ulushini ko‘rsatadi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinganda, yirik korxonalarning ulushi 46,5 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 41,3 foizni tashkil etgan. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2,1 foiz, uy xo‘jaliklari hissasi esa 11,1 foizni tashkil qilgani qayd etildi.

Ushbu natijalar tumanda sanoat sohasini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi ekanini tasdiqlaydi.