18/06/2025

 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–mart oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 128,4 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar–mart oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 103,4 % ga yetganligi kuzatildi.

Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,2 % i fermer xoʻjaliklari, 92,6 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 1,2 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:

Namangan sh. – 10 221 tonna

Mingbuloq – 7 135 tonna

Kosonsoy – 7 891 tonna

Namangan – 9 589 tonna

Norin – 6 250 tonna

Pop – 11 164 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 15 075 tonna

Uychi – 9 504 tonna

Uchqoʻrgʻon – 9 075 tonna

Chortoq – 10 679 tonna

Chust – 20 728 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 11 090 tonna