2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami 839 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Bu ko‘rsatkich sohaga bo‘lgan talab va e’tibor ortib borayotganini anglatadi. Jumladan, 2025-yilning yanvar–may oylarida ushbu yo‘nalishda 144 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
Eng ko‘p korxonalar joylashgan hududlar:
-
Namangan shahri – 308 ta
-
Chust tumani – 72 ta
-
Pop tumani – 64 ta
-
Kosonsoy tumani – 63 ta
Ushbu raqamlar viloyatda aholiga tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida izchil ishlar olib borilayotganini ko‘rsatmoqda.
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash tizimi bosqichma-bosqich zamonaviylashmoqda va aholining salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin egallamoqda.




