19/06/2025

2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 184,1 ming so‘mni tashkil etdi.

 Tarmoq kesimida ish haqi miqdori quyidagicha bo‘ldi:

  • Avtomobil va mototsikllarning ulgurji/chakana savdosi hamda ularni ta’mirlash — 3 mln 94,6 ming so‘m

  • Avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo — 4 mln 789,4 ming so‘m

  • Avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo — 3 mln 41,9 ming so‘m

Ushbu ko‘rsatkichlar viloyat savdo tarmog‘ining turli yo‘nalishlarida ish haqi darajasidagi tafovutlarni aks ettiradi. Ayniqsa, ulgurji savdo sohasida ish haqi nisbatan yuqori ekani kuzatilmoqda.